Adep.uz

Ilm olish fazilatlari

img
  23:29 / 03.11.2024
34

Ilm olish fazilatlari

Ilm o‘rganish dinimizda farz qilingan. Hadisi sharifda; "Har bir musulmon erkak va ayolga ilm o‘rganish - farzdir" deyilgan.

Alloh taolo ilmli kishilarning darajasini ko‘tarib, Qur’oni karimda: "Bandalari ichida Allohdan faqat olimlarigina qo‘rqadi." Shuningdek, "Biluvchilar bilan bilmaydiganlar teng bo‘ladimi?" degan. Ushbu oyatlarning o‘zidayoq dinimizda ilm olishga katta e’tibor berilganini anglaymiz. Hadisi sharifda: "Kimki ilm talab qilish yo‘liga kirsa, Alloh unga jannat yo‘lini osonlashtiradi," deyilgan. Yana bir hadisi sharifda: "Kim ilm o‘rganishga kirsa, o‘tgan gunohlariga kafforat bo‘ladi," deyilgan.

Ilm-fanni o‘rganish faqat Olloh taoloning roziligini topish hamda ikki olamimizni obod qilish uchun o‘rganilishi shart.

Taxiatosh tumani
"Muhammad Murod iyshan" jome masjidi imom-xatibi
Yoqub Jumamuratov

Yaqub Jumamuratov

adepuzmarkaz@gmail.com

img

Telegram kanalimizga qo'shiling!