بسم ا لله ا لرحمن ا لرحيم
وإنك لعلى خلق عظيم
(سورة القلم – ٤- آية)
Alloh taolo Qur’oni karimda: "Albatta, sen ulug‘ fe’l-atvorlisan!" deb marhamat qilgan. "Buyuk xulq-atvor"ning ma’nolari haqida turli ta’riflar mavjud. Birinchi navbatda quluk bu yerda o‘zining asl ma’nosida qo‘llanilgani ma’qul. Hadisda Rasululloh (s.a.v.): "Men axloqni komillikka yetkazish uchun kelganman," - degan. Darhaqiqat, Muhammad sollallohu alayhi va sallam birinchi darajali komil inson ekanligiga zarracha shubha yo‘q.
Boshqa tafsirchilar bu oyatdagi "ulug‘ xulq-atvor"ni Qur’on yoki ulug‘ din, ya’ni islom dini deb talqin qilishga harakat qilganlar.